Qirğiziston parlamenti (Jöqorğu Keneş)ning yangi spikeriga 40 yoşli Dostonbek Jumabekov aylandi. 

Jumabekov bu lavozimda iste'foga çiqqan Çiniboy Tursunbekovni almaştirdi.

Jumabekovning spiker lavozimiga nomzodi parlamentdagi köpçilikni taşkil etuvçi uçta siyosiy partiyaning koalitsiyasi tomonidan ilgari surildi.

«Onuguu-Progress» parlament fraksiyasi Işaq Masaliyevni spiker lavozimiga nomzod sifatida körsatdi.

Yaşirin ovoz beriş yakunlari böyiça Jumabekov Jöqorğu Keneşning spikeri etib saylandi. Uning nomzodi uçun 88 nafar deputat ovoz bergan bölsa, Masaliyev nomzodini 26 deputat qöllab-quvvatladi.