Qirğizistonning Norin viloyati içki işlar boşqarmasining navbatçilik qismida bir militsiya xodimi hamkasbini otib qöydi. Içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, Norin şahri böyiça qöriqlaş xizmati navbatçilik qismining qurol saqlanadigan xonasida 1991 yilda tuğilgan militsiya katta serjanti taxminan soat 18.15da öziga biriktirilgan AKSU avtomatini topşiriş vaqtida ehtiyotsizlik tufayli öz hamkasbi – militsiya starşinasi Joldoşbek uulu Adilet tomon öq uzib yuborgan.
Ta'kidlanişiça, serjant qurolni közdan keçirayotganda u otib yuborgan. Öq jabrlanuvçining kökragiga tekkan. U olingan jarohat tufayli voqea joyida jon bergan.
Ikkala militsiya xodimi ham Norin viloyati qöriqlaş xizmatida işlaşgan. Ular xizmatdan keyin qurolni topşirayotgan bölganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, öq tasodifan otilib ketgan.
Voqea tergov qilina boşlangan, uning barça tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.
















