Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Jinpingni Xitoy Kompartiyasi markaziy qömitasi boş kotibi lavozimiga qayta saylangani hamda XIX çaqiriqdagi Xitoy kompartiyasi markaziy qömitasining birinçi yalpi majlisi muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bermoqda.

Şavkat Mirziyoyev öz tabrigida «Xitoyda barça sohalarni modernizatsiyalaştiriş böyiça reja e'lon qilinişi mamlakatning barça tomonlama rivojlanişini ta'minlaşiga va Xitoyning iqtisodiy va siyosiy qudratini mustahkamlaşiga işonç bildirgan».

«Birgalikda amalga oşirilgan sa'y-harakatlar tufayli bugun Özbekiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar yangi darajaga çiqdi», — deyiladi xabarda.

«Biz gidroenergetika, neft-gaz sohasi, kommunikatsiya tarmoqlari, yuqori texnologiyalar sohasidagi kooperatsiya singari strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarning amalga tatbiq etilişiga ötdik. Parlamentlararo va mintaqalararo aloqalar şiddatli rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almaşinuv kengaymoqda», — qöşimça qildi Şavkat Mirziyoyev.