Moody’s xalqaro reyting agentligining hisob-kitoblariga köra, 2017-2018 yillarda Tojikistonning taşqi qarzi deyarli ikki baravarga oşib, mamlakat YaIMning 55 foizini taşkil etadi.

Moody’s Tojikiston qarzi Roğun GESi qurilişini tugatiş uçun olingan mablağlar tufayli köpayişini taxmin qilmoqda. Agentlik ma'lumotlariga köra, taşqi qarz beruvçilarga mablağlarni qaytariş Tojikiston iqtisodiyotiga oğir yuk bölib tuşadi.

22 oktabrda naşr etilgan reyting agentligi hisobotida jahon mamlakatlari iqtisodiyotining salohiyati baholanadi. Unga köra, Tojikiston taşqi qarzning asosiy qismini xorijiy valyutada olgan, ammo somoniy milliy valyutasi bilan kurs farqi tufayli qarzni foizlar bilan tölaş juda qiyin böladi.

Biroq mamlakat Moliya vazirligi Moody's’ning bunday prognozlariga qöşilmayapti hamda mamlakatning taşqi qarzi ança past ekani, YaIMning 32%ni taşkil qilişi haqida ma'lum qilmoqda. Tojikistonning taşqi qarzi joriy yil boşida 2 milliard 274 million dollarni taşkil etdi, deya xabar berişgan vazirlikdan.

Moliya vazirligi, şuningdek, tegişli hisob-kitobni ham amalga oşirgan: agar mamlakatning umumiy qarzi Tojikistonning har bir fuqarosiga bölib yuborilsa, har bir fuqaro 260 AQŞ dollari qarzdorlikka ega böladi. Moody's prognozlari haqiqatga aylanadigan bölsa, aholi jon boşiga qarz 500 dollargaça oşadi.