25 oktabr kuni Anqarada Özbekiston va Turkiya prezidentlari Şavkat Mirziyoyev hamda Rajab Toyyib Erdöğan örtasida muzokaralar bölib ötdi, ularning yakuniga köra ikki davlat örtasida hamkorlikning turli sohalari böyiça 20 dan ortiq hujjat imzolandi.
ÖzA xabariga köra, prezidentlar muzokarlar çoğida mintaqaviy va xalqaro darajada tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş istagida ekanliklarini ta'kidlab, köp tomonlama tuzilmalar doirasida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga intilişlarini bildirdilar.
Tomonlar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, narkotiklarning noqonuniy muomalasi, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, şuningdek, boşqa tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda ikki tomonlama va köp tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini ta'kidladilar.
Örmon xöjaligini rivojlantiriş, suv resurslarini samarali boşqariş, tuproq degradatsiyasi va çöllanişga qarşi kuraşiş borasida tajriba almaşişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Fan, ta'lim, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirişga ham alohida e'tibor qaratildi.
Turkiya Özbekistonda buyuk allomalar merosini örganiş, jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşişga qaratilgan taşabbuslar va amaliy işlarni yuqori baholaydi. Samarqandda bunyod etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toşkentda taşkil qilinayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi bu borada ulkan ahamiyat kasb etadi. Olimlar va ilmiy markazlar örtasidagi aloqalar, ma'naviy va madaniy merosni birgalikda örganişga qaratilgan loyihalar xalqlarimiz döstligini yanada mustahkamlaşga hissa qöşadi.
Muzokaralar yakunida Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan davlat rahbarlarining Qöşma bayonotini imzoladilar.
Şuningdek, savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk taşiş, soğliqni saqlaş, kadrlar tayyorlaş, mudofaa va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga doir qator hujjatlar qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdöğan muzokaralar özaro anglaşuv va hurmat ruhida ötganini, imzolangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini ta'kidladilar.

















