Parij timsoli bölgan Eyfel minorasiga taşrif buyuruvçilarda golf öynaş imkoni paydo böldi. BFM telekanalining xabar berişiça, mini-maydonça 57 metrlik balandlikda joylaşgan.

Takrorlanmas loyiha Fransiya golf federatsiyasi bilan birgalikda, sportning bu turidagi eng muhim voqea – Yevropa va AQŞ jamoalari örtasida Rayder kubogi uçun bahsdan avval amalga oşirildi. Bellaşuvlar kelasi yilning 25-30 sentabr kunlari Parijdagi Le Golf National majmuasida bölib ötadi. 

Foto: Twitter/LaTourEiffel

Oltita çuqurçaga ega mitti sport maydonçasini Parijdagi eng maşhur joylar – Luvrdagi şişali piramida-kiriş, Notr-Dam ibodatxonasi, Eyfel minorasining özi, Garne operasi, Ğalaba arkasi va Monmartrdagi maşhur Sakre-Kyor bazilikasi maketlari bezab turadi. Bu yerda golfni 5-noyabrgaça öynab köriş mumkin.

Foto: Twitter/LaTourEiffel
Foto: Twitter/LaTourEiffel