Ukrainalik biznesmen Rinat Axmetov 2017 yilgi eng boy ukrainaliklar yuztaligining 1-örinini egalladi. Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko esa uşbu röyxatning 5-örinidan joy oldi. Reyting Ukrainaning "Novoye vremya" naşri va Dragon Capital investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda tuzilgan.

Axmetovning boyligi 6,96 mlrd dollarga baholangan. Axmetov uşbu reytingning ötgan yilgi talqinida ham 1-örinni egallagan, öşanda uning boyligi 4,1 mlrd dollarga baholangandi. 

2-örinni biznesmen Viktor Pinçuk egallagan, uning boyligi 1,4 mlrd dollarga baholangan. 3-örinni 1,4 mlrd dollar bilan biznesmen Konstantin Jyevago, 4-örinni Oliy rada deputati Vadim Novinskiy 1,2 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan. 

Röyxatning 5-poğonasini yuqorida aytilgandek, Pyotr Poroşenko egallagan. Uning boyligi bir milliard dollarga baholangan. Ötgan yil Poroşenko 949 mln dollar bilan 4-örinni egallagandi.

6-örinni milliard dollar bilan "Privatbank" banki egalaridan biri Igor Kolomoyskiy, 7-örinni 763 mln dollar bilan Gennadiy Bogolyubov, 8-örinni xuddi şunday boylik bilan Group DF moliya-sanoat guruhi egasi Dmitiriy Firtaş egallagan.

Ukrainadagi eng yirik agrofirmalardan biri "Mironovskiy xleboprodukt" egasi Yuriy Kosyuk 693 mln dollar bilan 9-örinni egallagan.

Yetakçi öntalikni oilaviy juftlik Aleksandr va Galina Geregilar egallagan. Ularga "Episentr" quriliş materiallari gipermarketlari tarmoği tegişli bölib, ularning boyligi 688 mln dollarga baholangan.