Hillari Dayan Rodem 1947 yilning 26 oktabrida Çikagoda tuğilgan. U bölğusi turmuş örtoği va AQŞning bölğusi prezidenti Bill Klinton bilan nufuzli Yyel universitetida yuridik bilimlarni egallayotgan davrida tanişgan. Hillari hayotining aksariyat qismini turmuş örtoğining siyosiy karerasi soyasida ötkazdi, biroq özining ham siyosatga qiziqişi katta bölgan. Taqdir taqozosi bilan Monika Levinski bilan boğliq mojaro nafaqat Xillariga nisbatan hurmat uyğotdi, balki uning siyosiy karerasiga ham turtki berdi. Öşanda, 1998 yilda butun mamlakat u va turmuş örtoği uçun oğir damlarda Xillarining munosib xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatgan.
Bill Klintonning prezidentlik davri nihoyasiga yetgaç, Hillari dastlab Nyu-York ştati senatori böldi, 2008 yilda esa Demokratik partiya praymerizida bölğusi prezident Barak Obama bilan raqobatlaşdi. Şundan söng muhim lavozimlardan biri - davlat kotibi lavozimida faoliyat yuritdi va qattiqqöl diplomat sifatida nom qozondi. 2016 yilda Hillari Klinton mamlakat prezidenti saylovlarida demokratlar nomzodi böldi - u saylovçilar ovozi soni böyiça respublikaçilar vakili Donald Trampni ortda qoldirdi, biroq tanlovçilar ovozi soniga köra mağlub böldi. 70 yoşni qarşilagan sobiq prezidentning turmuş örtoği, sobiq davlat kotibi va sobiq prezidentlikka nomzod Hillari Klinton fotogalereyamizda.


Sobiq AQŞ davlat kotibi Hillari Klinton özining "Butun bir qişloq kerak" kitobi nusxasi bilan, 2017 yilning sentabri

Hillari Klinton öz nomidagi huquq maktabining tantanali oçilişida, 2017 yilning 14 oktabri

Hillari Klinton bolaligida






























