iOS'dagi barça ilovalar odatda foydalanuvçidan suratlarga, kamera va joylaşuvni aniqlaş funksiyasiga  kirişga ruxsat söraydi. Biroq Google muhandislaridan biri iPhone'ning old yoki orqa kameralaridan zimdan suratga oliş imkonini beruvçi ilovani işlab çiqişning uddasidan çiqdi. Hi-Tech şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Işlab çiqaruvçining sözlariga köra, har qanday ilova, masalan, ilovada suratga oliş uçun kameraga kirişga ruxsat söraydi, keyin esa u sizni ogohlantirmay istagança suratga olişi mumkin böladi. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Dastur messenjer avatariga surat qöyiş uçun kameraga kirişga ruxsat söraydi. Şundan keyin u heç narsa bölmagandek, siz hatto xayolingizga ham keltirmay, ilovada işlayotgan paytingizda surat va videoga olişda davom etaveradi. Siz ilovani yopmaguningizga qadar u sizni tasvirga olişda davom etadi. Quyidagi videoda uning qanday işlaşini körişingiz mumkin:

Bundan taşqari, josus tizimga yuzdan taniş va ruhiy holatni tahlil qiliş tizimini ulaş mumkin. Bu, masalan, öz mahsulotlariga fikrlarni örganuvçi reklamaçilarga, şuningdek minglab kompaniyalar tarafdorlariga kerak böladi. Masalan, Uber öz vaqtida iPhone foydalanuvçilarini kuzatgan.