Qirğiziston iqtisodiyot vazirligi kömir narxlarini qöşimça tartibga solişni taklif qilmoqda. Qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.
Hujjatda aytilişiça, ayni vaqtda iste'molçilarni arzon narxlardagi kömir bilan ta'minlaş masalasi köndalang turibdi. Davlat antimonopol organi kömir qazib oluvçi korxonalarga yonilği uçun ulgurji narxlar belgilaganiga qaramay, oxir-oqibat u iste'molçilarga vositaçilar orqali yetib boradi.
Monitoring natijalari bir oy içida kömir narxlari 20 foizga oşganini körsatgan. Respublika böyiça örtaça kömir tonnasi 4 ming 325 som turadi.
Kömir narxi oşişiga asosiy sabab Qirğiziston-Qozoğiston çegarasidagi muammolar va Qozoğiston hukumatining Qirğizistonga kömir eksport qilişga taqiqlovi bölmoqda.
Qirğiziston hukumati iste'moçilar huquqlarini himoya qiliş va raqobatni rivojlantiriş maqsadida 90 kundan oşmagan muddatga ijtimoiy ahamiyatdagi mahsulotlar çakana narxini tartibga soliş huquqiga ega.
Ta'kidlanişiça, mutaxassislar bir tonna kömirning yakuniy narxini aniqlaş uçun viloyatlardagi narxlarni tahlil qilişlari kerak.
Şuningdek, Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qirğiziston-Qozoğiston çegarasida avtotaşuvçilarga ovqatlanişni taşkillaştiriş uçun 1 mln som ajratdi. Bu haqda Atamboyev apparati axborot siyosati bölimi ma'lum qildi.
Bölim ma'lumotlariga köra, uşbu qaror Qirğizistonning nazorat-ötkaziş punktlaridagi vaziyat va sovuq tuşişi bilan boğliq holda qabul qilingan. Atamboyev pullar prezidentning ijtimoiy muhofaza va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomondan ajratilgani haqidagi farmoyişni imzolagan.












