Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Istanbul şahrida Turkiya Respublikasi Boş vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. 

ÖzA xabariga köra, uçraşuvda 25 oktabr kuni Anqarada bölib ötgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilab olingani ta'kidlandi. Mamlakatlarimiz örtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk taşiş, soğliqni saqlaş, kadrlar tayyorlaş, mudofaa va boşqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ziyod hujjatlar imzolangani yuqori baholandi. 

Muloqotda mazkur kelişuvlarni amalga oşiriş, ikki mamlakat vazirlik va idoralari örtasidagi aloqalarni rivojlantirişning muhim yönalişlariga e'tibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşildi. 

Foto: Twitter / @TC_Basbakan
Foto: Twitter / @TC_Basbakan