Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Boş vaziri Binoli Yildirim iştirokida ikki mamlakat moliya va işbilarmon doiralari uçraşuvi bölib ötdi. 

ÖzA bergan xabarga köra, uçraşuvda oliy darajadagi muloqotlar samarasida Özbekiston va Turkiya örtasida imzolangan hujjatlar ulkan ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Şuningdek, 26 oktabr kuni Istanbulda ötkazilgan ikki mamlakat işbilarmon doiralari biznes-forumida yirik energetika obektlari va yöl infratuzilmalarini quriş, töqimaçilik mahsulotlari, elektr jihozlari, quriliş materiallari işlab çiqariş, oziq-ovqat va agrosanoat tarmoğida zamonaviy sanoat va logistika markazlari taşkil etiş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça bitimlar imzolangani ta'kidlandi. 

Prezidentimiz işbilarmonlarning Özbekistonda biznes yuritiş borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Foto: @TC_Basbakan

Turkiyalik işbilarmonlar Prezidentimiz rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Valyuta bozori erkinlaştirilgani, viza oliş tartibi soddalaştirilgani özaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun qulayliklar yaratgani ta'kidlandi. 

Muloqotda Özbekiston va Turkiyaning moliya taşkilotlari, firma va kompaniyalari örtasida aloqalarni yanada rivojlantiriş, özaro mahsulot yetkazib beriş va xizmat körsatişni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.