Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktabr kunlari davlat taşrifi bilan Turkiyada böldi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari 25 oktabr kuni Anqara şahrida bölib ötdi. Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlik masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Prezidentlar ikki mamlakat hamkorligini yangi, strategik bosqiçga kötarişga zamin yaratadigan Qöşma bayonotni imzoladi.

Şuningdek, iqtisodiyot, savdo-sotiq, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, transport-logistika, soğliqni saqlaş, kadrlar tayyorlaş, mudofaa va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga doir 20dan ziyod hujjat qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Rajab Toyyib Erdöğan muzokaralar samarali bölgani, erişilgan kelişuvlar hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişini ta'kidladilar.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni Turkiya Buyuk millat majlisiga taşrif buyurdi.
Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun çiqaruvçi organidir. Unga 1920 yil 23 aprel kuni asos solingan. Bugungi kunda tört partiya Majlisda öz fraksiyasiga ega.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Ismoil Qahramon bilan uçraşdi.

Özbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokaralarida parlamentlararo hamkorlikni taşriflar almaşinuvi va qöşma tadbirlar ötkaziş orqali qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etilgan edi. Turkiya parlamentidagi muloqotda mazkur yönalişdagi aloqalarni mustahkamlaş, parlamentlar faoliyati va parlament nazorati şakllari böyiça tajriba almaşiş masalalariga e'tibor qaratildi.





















