Telegram'ning rasmiylar bilan hamkorligi darajasi yurisdiksiyaga aloqador emas hamda yagona prinsiplarga boğliq, deya ma'lum qildi servis asosçisi Pavel Durov.
"Rossiya prezidentining internetni rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Telegram göyoki rus davlat idoralari murojaatlariga e'tibor qaratmayotgani, biroq boşqa davlatlar, masalan, Indoneziya bilan hamkorlik qilayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqiqat emas", - deya yozgan Durov "VKontakte" ijtimoiy tarmoğida. Uning qöşimça qilişiça, Indoneziya şaxsiy yozişmalarni beriş töğrisida talab qöymagan.
Şuningdek, Durovning xabar berişiça, Telegram butun dunyo böylab “omma körişi mumkin bölgan qonunga zid kontentni” öçirib taşlaş böyiça murojaatni körib çiqmoqda. Şu bilan birga, heç bir davlatdagi organlarga şaxsiy ma'lumotlar berilmaydi.
"Garçi Telegram auditoriyasining katta qismi Rossiyadan köra mutaassibroq bölgan mamlakatlar hissasiga töğri kelsa ham, Telegram faqatgina Rossiyada xabarlarni şifrlaş kalitlarini taqdim etmagani uçun jarimaga tortildi. Bu Telegram’ning global bozordagi tört yillik işi davomida ilk şunday holat", - deya ta'kidlab ötdi Durov.
Oktyabr örtalarida Moskvadagi sud Telegram’ni Federal xavfsizlik xizmatiga xabarlarni qayta kodlaş uçun ma'lumotlarni taqdim etmagani uçun 800 ming rubllik jarimaga tortgandi. Durovning ma'lum qilişiça, FXX talablari konstitutsiyaga zid va ularni bajariş texnik jihatdan imkonsiz.












