Amerika hukumati Afğonistonning “Tolibon” radikal harakati bilan aloqani saqlab qolib, uni Kobul hukumati bilan tinç muzokaralarni boşlaşga işontirişga urinmoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Jyenevada jurnalistlar bilan ötkazgan suhbatda ma'lum qildi.
Tillersonning sözlariga köra, AQŞ ma'muriyati şunday vaziyatni yaratişga intilmoqdaki, unda toliblar yetakçilari qurollarini taşlaydi.
"Biz "Tolibon" harakatiga aniq tuşuntirdik: u Afğonistonda heç qaçon harbiy ğalabaga erişa olmaydi", - degan Amerikaning boş diplomati. "Ular bilan maxfiy yöllar orqali Doxadagi idorasida olib borayotgan muloqotimizda, ular farzandlari va nevaralari ham şu kuraşni davom ettirişlarini xohlayaptimi yoki yöqmi, degan savolni qöymoqdamiz. Çunki, ular boşqa yölni tanlamasa, kelajakdagi işlar ham aynan şunday böladi", - degan davlat kotibi.
Uning fikriça, toliblarni muzokaralar davrasiga olib keladigan "şart-şaroitlarni barpo etiş böyiça mas'uliyat" "afğon hukumati zimmasidadir". Bunda Tillersonning qayd etişiça, toliblar AQŞ hukumati qaraşiga köra, Afğoniston hukumati tarkibiga kirişi mumkin. Biroq buning uçun ular "terrorizmdan voz keçişi kerak" hamda bundan keyin "heç qaçon" bunday faoliyat bilan şuğullanmaslik mas'uliyatini olişi lozim.
Amerika davlat kotibi, şuningdek, amerikaliklarning yana 16 yil Afğonistonda qolib ketişi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi. "Yöq, yangi 16 yil bölmaydi", - deb ta'kidlagan Tillerson.
Şu munosabat bilan, uning ta'kidlaşiça, "Pokiston ham jangarilar va terrorçilarni yöqotiş uçun köproq amaliy çoralar körişi kerak".













