16 yoşli amerikalik golfçi qiz Emili Neş (Emily Nash) Massaçusetsdagi ösmirlar örtasidagi musobaqada (Central Massachusetts Division 3) öz raqiblarini doğda qoldirdi. Biroq sportçiga ayol jinsidan bölgani uçun ham boş sovrin berilmadi.
 
Musobaqani ötkaziş qoidalariga köra, unda har qanday jinsdagi golf öyinçilari qatnaşişi mumkin. Ammo qizlarning şaxsiy hisobdagi natijalari e'tiborga olinmaydi. Amerika ştatidagi ösmirlar musobaqasi mavsumlarga taqsimlangan bölib, bahorda ayollar, kuzda erkaklar yiğini ötkaziladi.

Neş huquqidan foydalanişga qaror qilib, sport uyuşmasi ruxsati bilan ösmirlar jamoasi tarkibida qatnaşdi. U raqiblari urgan nuqtalardan koptokçani tuşirgan, golf tayoqlarini özi olib yurgan va raqiblaridan imtiyozli tomoni bölmagan. Umuman, Emili musobaqada 75 marta zarba bergan. Bu esa, uni ta'qib qilgan erkak sportçi natijasidan 4 ta zarbaga yaxşiroq edi. 

Şunga qaramay, mukofot ikkinçi örinni olgan sportçiga berildi. Hatto şunday vaziyat ham böldiki, deyiladi xabarda, ikkinçi örinni olgan sportçi sovrinni Neşga topşirişga urindi, lekin sportçi qiz taşakkur aytib, uni rad etdi.