Liviya harbiylari mamlakat şarqidagi Benğozi şahridan 70 km uzoqlikda 37 kişining jasadini topişdi. Bu haqda Reuters agentligi Liviya milliy armiyasidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Odamlar nima sababli ölgani va ularning şaxsiga oydinlik kiritilganiça yöq. Umuman, sönggi oylarda şahar va uning atrofida inson jasadlari köplab topilgan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Mamlakatda bir vaqtning özida ikkita yirik siyosiy kuç faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri xalqaro koalitsiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Faiz Sarajning Milliy birlik hukumati bölsa, ikkinçisi Abdulloh Abdurrahmon At Taniyning şarqiy hukumatidir. 

Ikkinçi hukumat Vakillar palatasi hamda feldmarşal Xalifa Xaftar qömondonligidagi Liviya milliy armiyasi tarafdori hisoblanadi.