Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Kiçik xalqa yöli va Farğona yöli köçalari kesişgan joyda qurilgan yöl ötkazgiçni borib kördi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Ilgari poytaxt markazidan Farğona yöliga çiqiş yoki aksinça bu yöldan markazga keliş uçun transport vositalari ortiqça bir neça kilometr yurişga majbur bölardi. Davlat rahbari 25 mart kuni bu yerda bölib, yöl ötkazgiçni rekonstruksiya qiliş va uning bir qismini yangidan quriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Yaqinda uşbu köprikning foydalanişga topşirilgani haydovçilarga katta qulaylik yaratdi, harakat xavfsizligini ta'minladi. 

Yöl ötkazgiçning eni 30, uzunligi 346 metr bölgan qismi rekonstruksiya qilindi. Eni 22, uzunligi 281 metr bölgan qismi yangidan barpo etildi. Ikki tomonida piyodalar yölakçalari qurildi. 

Prezident uşbu yöl ötkazgiç odamlarga qançalik manzur bölgani, transport harakati va xavfsizligiga qanday ta'sir körsatgani bilan qiziqdi. Bunday köpriklarni poytaxtning boşqa joylarida ham quriş, bunda avvalo, xavfsizlik talablariga rioya etiş zarurligini ta'kidladi. Köprik atrofini obodonlaştiriş, poytaxt qiyofasiga mos zamonaviy binolar quriş böyiça körsatmalar berdi. Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi institutida köpriksozlik böyiça kadrlar tayyorlaş masalasiga e'tibor qaratildi.