2005 yildan beri Iroq Kurdistonini boşqarib kelayotgan Mas'ud Barzaniy iste'foga ketişga qaror qildi. Barzaniy uşbu qarorni muxtoriyatning mustaqilligi böyiça ötkazilgan referendum tufayli Bağdod bilan yuzaga kelgan keskinlik ortida qabul qildi.

Ta'kidlanişiça, Barzaniy öz lavozimini 1 noyabrda tark etadi. Muxtoriyat yetakçisi bu rejasini muxtoriyat parlamentiga yöllagan maktubida bayon qilgan. Barzaniy maktubda prezidentlik vakolatlarini muxtoriyat hukumati, parlamenti va sud organlari orasida taqsimlaşni taklif qilgan. 

Barzaniyning prezidentlik muddati aynan 1 noyabrda poyoniga yetadi. Şu kunga prezidentlik va parlament saylovlari ötkazilişi belgilangandi. Biroq ötgan haftada saylovlar Bağdod bilan vujudga kelgan keskinlik sababli noma'lum muddatga qoldirilgani e'lon qilingandi.

25 oktabrda muxtoriyat hukumati hududda yuzaga kelgan keskinlikni yumşatiş uçun mustaqillik referendumi natijalarini muzlatişni taklif qilgan.

Barzaniy kurd muxtoriyatiga 2005 yilda prezident bölgan, 2009 yilda esa bu lavozimga qayta saylangan. 2013 yilda Barzaniy ikkinçi prezidentlik muddati yakunlanganiga qaramay, öz lavozimini tark etişdan boş tortgan. Uning vakolatlari parlament tomondan dastlab 2015 yilgaça, söngra yana ikki yilga uzaytirilgan.