Amerikalik olimlar Kaliforniya sohillarida minglab akulalarning ölimiga sabab bölgan parazitni aniqlaşdi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.
2017 yilda minglab akulalar özlarini sohillarga otişlari va buning oqibatida suvsizlanib halok bölişlari holatlari qayd qilindi. Akulalar özlarini nima uçun bunday tutişlari sababi mahalliy ilmiy jamğarma vakillari bir neça halok bölgan akulani Kaliforniyadagi baliq xöjaligi va tabiiy zaxiralar departamentiga jönatişmagunça sir bölib qolayotgandi.
Departament mutaxassislari jönatilgan akulalarning miyasiga qattiq zarar yetganini aniqlaşgan. "Nimadir akulalarning miyasiga burun teşiklari orqali kirib, uni yegan. Oqibatda yirtqiçlar oriyentatsiyani yöqotib, özlarini sohilga otib, söngra halok bölganlar", deb aytilmoqda maqolada.
San-Frantsiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari akulalar orqa miyasi suyuqligi namunalarini olişgan. Molekulyar ekspertiza evaziga ular akulalarning miyasini Miamiensis avidus deb nomlanuvçi parazitlar yeganini aniqlaşgan. Bu parazitlar boşqa dengiz jonzotlarida ham yuqoridagidek alomatlarni keltirib çiqaradi.
Olimlarning fikriça, akulalarning bu kasallikka çalinişini möl yomğirlar yuzaga keltirgan. Yomğirlar oqibatida dengiz suvi şörligi kamaygan. Akulalar yaşaş muhiti kimyoviy tarkibining özgarişi ularning immunitetini zaiflaştirib, ularni parazitlar uçun oson öljaga aylantirgan.

















