«Özbekiston havo yöllari» MAK 29 oktabr kunidan boşlab, qişki rejaga asosan parvozlarni amalga oşirişini ma'lum qildi. Unga köra, maqsadli yönalişlarda parvozlar soni oşirilib, reyslar geografiyasi «Samarqand» aeroportida ham rivojlantirilişi ta'kidlanmoqda.

Şuningdek, 30 oktabrdan boşlab, Samarqand-Istanbul-Samarqand yönalişida doimiy parvozlar qatnovi rejaga kiritildi. Unga köra, Airbus A320 va Boeng 757 havo laynerida yölovçilar haftaning har duşanba kunida, 16 noyabrdan boşlab esa payşanba kunlari ham kompaniya xizmatidan foydalanişi mumkin.

Bundan taşqari, Amritsarga amalga oşiriladigan parvozlar soni haftasiga ikkita, Seul tomonga haftasiga beş marta qilib köpaytirildi. Yil söngida esa Olmaotaga uçadigan samolyotlar qatnovi har kuni yölga qöyilişi rejalaştirilgan. Yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida 2018 yilning mart oyidan boşlab, Ostona şahriga amalga oşiriladigan parvozlar soni haftasiga 4 marta bölişi belgilangan.

«Özbekiston havo yöllari» MAK dunyoning 23ta davlatiga 52 yönalişda parvozlarni amalga oşirişga şay ekanini bildirmoqda.