28 oktabr kuni «Mançester Yunayted» mavsumning muhim uçraşuvlaridan birida ğalaba qozondi. Çempionlik uçun asosiy da'vogarlardan sanalayotgan «Tottenhem» «Old Trafford»da taslim etildi.
Şanba oqşomining, balki kuz faslining asosiy kadri

Turning markaziy uçraşuv yakunlangani haqidagi hakam huştagi yangragan on. Operator Joze Mourinoni katta planda namoyiş etdi, u esa kameraga tikilib körsatkiç barmoğini lablari ustiga bosdi. Uning ortida tuşkun holatdagi Maurisio Poçettino qadam taşlab kelayotgani ham bu suratning muvaffaqiyatli çiqişiga xizmat qildi. «MYu» va «Tottenhem» murabbiylarining bir-biriga qöl taşlaşi şu alfozda röy berdi, ammo Mourino öyindan keyingi matbuot anjumanida raqibga hurmat bildirdi.
Mourino janjalga öç ekani heç kimga sir emas. U busiz oddiy murabbiyga aylanib qolgan bölardi. Agar u şunday bölmaganida, ehtimol «Mançester Yunayted»ga taklif etilmasdi ham. Axir zamonaviy top-klubga nafaqat tajribali murabbiy, balki klubni yanada maşhur qila oladigan brend-murabbiy kerak. «MYu» esa şunday murabbiyni qölga kiritgan. Uning şu sifatlari tufayli jamoaning ötgan mavsumdagi natijalari unutildi, ötgan mavsumning kumuş medallari sovrindoriga qarşi nursiz öyini keçirildi.
Mourinoning öyin uslubi - himoyada ötiriş va raqibning harakatlariga qarab hujumga ötişdan iborat. Portugaliyalik mutaxassis bunday taktikani öz vaqtida «19 asr futboli» deb atagan, bir neça yil muqaddam «Vest Hem» boş murabbiyi «Çelsi»ga qarşi butunlay himoyaviy öyin körsatib, natijaga erişib qaytgani, uning ğazabini keltirgandi. Endi esa uning özini «19 asr futboli qiroli» deb ataşmoqda.
No Harry, no party
«MYu» xuddi «Liverpul» bilan öyinda bölgani kabi «Tottenhem»ni ilojsiz qoldirdi. Mehmonlarga töp nazorati topşirildi, ammo Poçettino şogirdlari De Xea darvozasiga yaqinlaşa olişmadi.
«Töpni «Tottenhem» nazorat qildi, biz «Tottenhem» öyinini nazorat qildik. Raqib faqat bir marta, Alli hujum qilgan vaziyatda golli vaziyat yarata oldi», dedi öyindan keyingi matbuot anjumanida Joze Mourino. U töğri gapirdi, raqib bu öyinda faqat ikki marta darvoza tomon aniq zarba berdi va ikkisi ham ispaniyalik darvozabon uçun ortiqça qiyinçilik tuğdirmadi.
Nima uçun? Çunki, bu öyinda jarohat tufayli «Tottenhem»ning asosiy hujumçisi Harri Keyn iştirok eta olmadi. Bir neça hafta ilgari «Mançester Siti» jamoasi boş murabbiyi Xosep Gvardiola «şporlar»ni «Harri Keyn jamoasi» deb atagandi. Poçettino bundan xafa bölgan, ammo kataloniyalik murabbiy uzr söramagandi. Ammo keyingi natijalar Gvardiola haq bölganini körsatmoqda. Keynsiz jamoa avvaliga Angliya ligasi kubogidan çiqib ketdi, endi esa çempionlik poygasidagi töğridan-töğri raqibga yutqazib, uni oldinga qöyib yubordi.











