Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev qisqa muddatli ta'tilga çiqdi. U respublikani rivojlantiriş dasturi ustidagi işni yakunlaş niyatida, deb xabar bermoqda Qirğiziston yetakçisi matbuot xizmati.
"Prezident 2017 yilning 30 oktabridan qisqa muddatli ta'tilga çiqdi. Davlat rahbari ta'til davomida Qirğiziston Respublikasining 2040 yilgaça barqaror rivojlanişi Milliy strategiyasi loyihasi yakuniy varianti ustida işlaydi", - deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, Atamboyevning vakolatlari joriy yilning 1 dekabriga qadar tugaşi kerak. Uni bu lavozimda 15 oktabr kuni bölib ötgan saylovlarda ğalaba qozongan Sooronbay Jeenbekov almaştiradi.












