Iroq Kurdistonining mustaqilligi böyiça referendum Bağdod tomondan muxtoriyatga hujum qiliş uçun bahona bölgan. Bunday fikrni 29 oktabrda referendum ötkazilgandan keyin ilk bor televideniye orqali murojaat qilgan muxtoriyat rahbari Mas'ud Barzaniy aytib ötdi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar bergan.
Muxtoriyatning köp yillik yetakçisi 1 noyabrda öz vakolatlarini topşirmoqda.
"Markaziy hukumat Kurdistonga qarşi qilayotgan işlar avvaldan rejalaştirilgan bölgan. Referendum esa muxtoriyatimizga hujum qiliş uçun bir bahona bölgan", deb aytib ötdi Barzaniy.
Barzaniyning aytişiça, referendumdan maqsad kurdlar uçun muammolarni hal qilişning tinç yölini topişdan iborat bölgan. "Biz hamişa referendum ortidan darhol mustaqillik haqida biror-bir deklaratsiyalar e'lon qilinmasligini va biz doimo muloqotga intilganimizni aytib kelganmiz. Hozir bölayotgan işlar referendum deb bölmayapti. Agar u bölmaganda ham, Bağdodda baribir kurd tumanlariga hujum qiliş va muxtoriyatdagi vaziyatni izdan çiqariş rejasi bölgan", deb ta'kidlab ötdi Barzaniy.
Barzaniyning aytişiça, kurdlarni ularning "toğlaridan" bölak heç kim qöllab-quvvatlamaydi. "Biroq minglab odamlarimiz özlarini va xalqni himoya qilişga tayyor. Biz qon tökilişini istamaymiz va muammolar muloqot yöli bilan hal qilinişiga intilamiz, biroq ular uruş olib bormoqçi bölsalar, biz ölimni tanlaymiz va bizning şa'nimizga doğ tuşişiga yöl qöymaymiz. Men aminmanki, xalqimiz öz taqdirini belgilaş uçun kuraşda muvaffaqiyat qozonadi, mustaqillik uçun ovoz berganlar esa heç qaçon öçmaydigan tarixni yaratdilar", deb öz sözlarini davom ettirdi Barzaniy.
Barzaniy bahsli hududlarda kuç qöllayotgan Bağdodning harakatlarini "qonstitutsiyaga zid" deb atadi va markaziy hukumatni yana bir bor muloqotga çorladi. "Ular konstitutsiyani himoya qilişayotganini aytişmoqda, biroq uning qayerida siyosiy kuraşda Iroq qöşinlarini qöllaş mumkinligi yozilgan? Agar Bağdod haqiqatan ham tinçlik va muloqotni istasa, unda kurd viloyati bu jarayonni boşladi va umid qilamizki, Bağdod biz bilan muloqot qilişga tayyor", deb aytdi Kurdiston rahbari.












