1997 yil kuz oylarida Rossiya va Italiya terma jamoalari Fransiyada ötkazilişi rejalaştirilgan mundialga yöllanmani qölga kiritiş uçun özaro bahslaşadigan böldi. Moskvada ötkazilgan öyinning birinçi qismida italiyalik darvozabon Janluka Palyuka jarohat olib, öz örnini yoş Janluiji Buffonga böşatib berişga majbur böldi.

Buffon u paytda endi 19 yoşni qarşilagan, «zaxiradagi darvozabon» maqomidan xalos bölişni kutib turgan umidli öyinçilardan biri edi. Uçraşuv yakunida jamoalar 1:1 hisobdagi durangga imzo çekdi. Kristian Viyera va Fabio Kannavvaro yönaltirgan töp darvoza töridan joy olgan. Töğri, bu ikkisi ham italyan futbolçilari, ammo Kannavvaro öşanda öz darvozasini işğol qilgandi.

Boris Ignatevda paydo bölgan umid keyinçalik puçga aylandi. Italiyalik futbolçilar javob uçraşuvida munosib ravişda harakatlanib, öyindagi yagona golga mualliflik qilişdi.

Oradan ropa-rosa 20 yil ötdi, Buffon esa 40 yoşni qarşilaş arafasida, ammo u Italiya terma jamoasi safida 173ta öyinda iştirok etgan va bir neçta rekordlarni yangilagan futbolçi sifatida yana bir bor dunyoning eng yaxşi darvozaboni deya e'tirof qilindi.

2018 yil yozda Buffon yana bir marta Rossiyaga taşrif buyuradi.