Telegram mobil messenjerida mingdan ziyod kitobxon yoşlarni özida birlaştirgan Intellekt guruhi a'zolari Toşkent viloyati Böka tumanidagi Mehribonlik uyida xayriya aksiyasini taşkil etdi.
Bloger Sanjar Said feysbukdagi sahifasida ma'lum qilişiça, 29 oktabr kuni bölib ötgan kitobxonlik aksiyasi doirasida yoşlar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga özbek, rus va ingliz tilidagi badiiy adabiyotlar, şuningdek sovğalar, öyinçoqlar va şirinliklar tortiq qilişdi. Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari tomonidan qiziqarli badiiy çiqişlar namoyiş etilgan.
«Badiiy qism nihoyasiga yetganidan söng, Mehribonlik uyi kutubxonasi uçun olib kelingan kitoblar tortiq qilindi.
Intellekt kitobxon yoşlar klubining faol a'zolari har oy mehribonlik uylariga taşrif buyurib, şu kabi tadbirlarini uyuştirib turadi. Jumladan, ötgan oyda Çirçiq şahridagi 2-sonli Mehribonlik uyi kutubxonasi uçun kitoblar sovğa qilingan edi. Şu bilan birgalikda, guruhda har oy biror asarning muhokamasi bölib ötadi. Kuni keça yoşlar öqiş uçun tanlangan Ötkir Hoşimovning "Ikki eşik orasi" asarini muhokama qilişdi. Unda eng faol iştirok etgan a'zo tanlab olinib, homiylarning sovğalari bilan taqdirlanadi. Kitobxon yoşlar klubi kelgusida yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib etişga qaratilgan boşqa aksiyalarni ötkazişni rejalaştirgan. Bu borada hamkorlik va homiylik qilişni istagan ma'rifatparvarlarni çorlab qolamiz», deyiladi xabarda.






















