LG NeoChef mikrotölqinli peçkasi özida yangi dizaynerlik tendensiyalarini mujassam etib, bir vaqtning özida minimallik joziibasi va yuqori qulaylik bilan ajralib turadi.
LG Electronics kompaniyasi Özbekiston bozorida yangi LG NeoChef mikrotölqinli peçkalarini taqdim etdi. U özida yuqori qulaylik bilan birga aniqlik ila yöğrilgan minimal dizaynni mujassam etgan va uyda turli xil mazali taomlarini tayyorlaş uçun «aqlli» (Smart Inverter) inverter texnologiyasiga ega.

Smart Inverter texnologiyasi bilan siz quvvat va haroratni boşqarişning yuqori aniqligini kaşf etasiz. LG NeoChef peçkasi taomni bir xil eritadi, qizdiradi va tezroq pişiradi, şu bilan birga foydali moddalarini saqlab qoladi. Bundan taşqari, şokolad, yoğ va pişloqni yumşatiş, yogurt ham tayyorlaş mumkin.

Şuningdek, LG NeoChef peçkani yuviş-artişni yengillaştiradigan qator funksiyalarga ega. Bakteriyalarga qarşi tez tozalanadigan EasyClean qoplamasi mikrotölqinli peçkani tozalaş jarayonini yanada yengillaştiradi. LG NeoChef peçkasining içki kamerasi odatdagi mikrotölqinli peçkalardan ikki karra tezroqdir. Haqiqatdan ham uşbu mikrotölqinli peçkani tozalaş uçun gubka yordamida bir neça marta artiş kifoya. Bakteriyalarga qarşi qoplama içki qismining yuzalarida bakteriyalar köpayişiga 99,99 foiz tösqinlik qiladi.













