Qulay fursatda berilgan töğri savol sizni özgartirişi, tinçlantirişi yoki tayanç bölişi mumkin. Hatto darhol javob topa olmasangiz ham, savolning özi hayotga boşqaça qaraşga turtki berişi mumkin. "Layfxaker" hayotingizni özgartirişi mumkin bölgan 10 savol bilan bölişdi.
1. Vaqtimni kimlar bilan ötkazyapman?
Agar bola heç nimaga intilmaydigan tengdoşlari bilan döstlaşsa, u ham heç nimaga erişa olmaydi, deb hisoblaymiz. Biroq nima uçundir buning kattalarga ta'siri haqida öylamaymiz. Sizning döstlaringiz tişini tişiga qöyib, öziga yoqmaydigan işda işlasa yoki nosoğlom hayot tarzini tutsa, hoynahoy siz ham şunga öxşaş qarorlar qabul qila boşlaysiz. Döstlaringiz va hamkasblaringiz haqida öylab köring: ular sizni qöllab-quvvatlab, ilhom bağişlaydimi yoki aksinça, orqaga tortişadimi?
Bu siz öqiyotgan, körayotgan, öylayotgan narsalaringizga ham taalluqli. Vaqt ötgan sayin bizning hayotimiz atrofimizdagi muhitga monand bölib boradi, şuning uçun unga e'tiborli böling.

2. Bunga ta'sir ötkaza olamanmi?
Epiktetning sözlariga köra, faylasufning asosiy vazifasi — nimani nazorat qila oliş mumkin, nimani esa yöq - şuni farqlay oliş kerak.
Odatda köp vaqtimizni bizga boğliq bölmagan narsalarga sarf qilamiz. Biz öz xatti-harakatlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimizni nazorat qila olamiz. Boşqa odamlar, ob-havo, taşqi hodisalarni esa - yöq. Biroq odamlarga, ob-havoga va taşqi hodisalarga munosabatni nazorat qiliş mumkin. Buni farqlaşni örgansangiz, nazorat sizning hukmingizda emasligidan könglingiz çökmaydi.
3. Mukammal kunim qanday ötişi kerak?
Buni bilmasdan, grafikingizni qulay qilib rejalaştira olmaysiz. Hayotingizdagi eng zavqli kunlaringizni eslang. Nimalar qilgansiz? Işingiz, şaxsiy hayotingiz va uyingiz imkon qadar şunday kunlar köproq bölişiga xizmat qilişi kerak.














