Maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilişga ixtisoslaşgan WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj AQŞning sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning elektron maktublarini kim taqdim etganiga oydinlik kiritdi. Uning Twitter sahifasida yozişiça, taşkilot tomonidan jamoatçilikka oşkor qilingan maktublarni davlat departamenti taqdim etgan.
"Klintonning Wikileaks orqali e'lon qilingan minglab maktublari xakerlik faoliyati natijasida qölga kiritilmadi, balki AQŞ davlat departamenti tomonidan 2016 yil 3 martdagi "Axborot erkinligi töğrisidagi qonun" doirasida taqdim etildi", - deb yozgan Assanj.
26 oktabr kuni Cambridge Analytica tahliliy firmasi rahbari, Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida faoliyat yuritgan Aleksandr Niks, ötgan yili WikiLeaks asosçisi bilan uçraşgani ma'lum böldi. U sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning öçirib yuborilgan maktublarini qölga kiritişga urinib körgan.

Ma'lumki, 2015 yili Hillari Klinton davlat kotibi bölib işlagan vaqtlarida iş bilan boğliq maktublarini şaxsiy elektron poçtasi orqali yuborgani oşkor bölgan va yirik mojaroga sabab bölgandi. Keyinroq, u barça yozişmalarini (55 ming maktub) taqdim etgan, 30 mingdan ortiq şaxsiy yozişmalarini öçirib taşlagan edi. Şu sababli u qattiq tanqid qilingandi.











