Ukraina içki işlar vazirining sobiq maslahatçisi Ilya Kivaning sözlariga köra, IIV rahbari Aleksandr Avakovning öğli korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi xodimlari tomonidan ötkazilgan tintuvdan söng qölga olingan. Bu haqda RT mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.
«Aleksandr qölga olindi. Menga ma'lum bölişiça, tintuv heç qanday natija bermagan, şuning uçun telefonlar va planşetlar olib qöyilgan. Buni töğridan töğri aloqada ekanim va muloqot qilayotganim uçun 100 foizga bilaman», - dedi u.
Uning sözlariga köra, Avakovni sudga olib borişlari kerak bölgan. Kivaning ta'kidlaşiça, röy berayotgan hodisaning maqsadi - «vazirga va u tomonidan qabul qilinuvçi qarorlarga ta'sir körsatiş imkoniyatiga ega bölişdir».

















