2017 yil 2-3 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boşçiligidagi delegatsiya rasmiy taşrif bilan Özbekistonda böladi.
ÖzA xabariga köra, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.
Taşrif doirasida köp qirrali özaro munosabatlarni yanada rivojlantiriş, ularni aniq mazmun bilan boyitişning istiqbolli yönalişlarini muhokama qiliş uçun hukumatlararo muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Dmitriy Medvedev, şuningdek, Toşkent şahrida bölib ötadigan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Hukumat rahbarlari kengaşining majlisida iştirok etadi.












