FIFA taşkiloti muxlislarning terma jamoa örtoqlik öyinlariga bölgan e'tiborini tiklaşni rejalaştirmoqda. Ma'lumki, sönggi paytlarda ularga bölgan qiziqiş juda pasayib ketgan edi.

Terma jamoa örtoqlik öyinlaridagi yarim böş stadionlar faqat bizning futbolga xos emas. Bunday öyinlarga dunyo böyiça qiziqiş katta emas, muxlislarni faqat haqiqiy kuraş ketadigan rasmiy öyinlar köproq öziga jalb qilyapti. Xalqaro futbol asta-sekinlik bilan ölib bormoqda.

FIFA bu borada ötkazgan tadqiqotlar natijasida salbiy xulosaga kelgan: terma jamoa öyinlariga bölgan qiziqiş keskin pasaygan. Prezident Janni Infantino esa vaziyatni özgartirmoqçi.

Endi Xalqaro futbol federatsiyasi örtoqlik öyinlari örniga Jahon Ligasini taşkil qilişni rejalaştiryapti.

Ğoya oddiy - Jahon ligasi öz içiga barça qit'a terma jamoalarini birlaştiradigan musobaqa böladi. U uçta divizionga ajratiladi. Jamoalar FIFA reytingidan kelib çiqqan holda, ligalarga taqsimlanadi. Musobaqa yil davomida ötkaziladi va 2019 yilda start oladi.  Hozirça bular faqat loyiha. Öyinlarning taşkil qilinişi va dunyoning barça nuqtalari terma jamoalarining uzoq yöl xarajatlarini kim qoplaşi haida hozirça heç qanday ma'lumot yöq.

FIFA bu borada UYeFA izidan borişni közlamoqda. Ma'lumki, sentabr oyida UYeFA Millatlar Ligasi musobaqasi reglamentini rasman tasdiqladi. Bu turnir terma jamoa örtoqlik öyinlarini rasmiy öyinlar bilan almaştiradi va saviya jihatidan teng raqiblarga qarşi kuraşiş imkoniyatini beradi. Musobaqada taşkilotning barça 55 a'zosi iştirok etadi. Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta ligaga ajratiladi.

UYeFA matbuot xizmati xabariga köra, A va V Ligada 12ta terma jamoa, S Ligada 15 terma jamoa va D Ligada 16 terma jamoa iştirok etadi.

A va B Ligalari 3ta jamoadan iborat 4 guruhga ajratiladi. A Ligasi guruh ğoliblari 2019 yil iyunida final bosqiçida iştirok etadi. U yarimfinallar, uçinçi örin uçun bahs  va final öyinidan iborat böladi.

V, S va D guruhlari ğoliblari yuqori Ligaga yöllanma oladi. A, V va S Ligalarining eng yomon jamoalari quyi ligaga ravona böladi.

Yevropa terma jamoalari Millatlar Ligasida ğalaba qozoniş yoki yuqori divizionga yöl oliş yoki öz divizionidagi örnini saqlab qoliş uçun kuraşadi. Musobaqaga qur'a taşlaş marosimi 2018 yil 24 yanvar kuni ötkaziladi.