Har qanday faoliyatda oşkoralik va şaffoflik demokratiya tamoyillariga sözsiz amal qilinişining bir körinişi aslida. “Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan vazifalar xalq ta'limi tizimini faoliyatini, kerak bölsa, strukturasini tubdan özgartişni taqozo etmoqda.
“Huquq” gazetasining yozişiça, Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan 2017-2018 öquv yilida öquvçilarning ta'lim-tarbiya olişida qulay va zamonaviy şart-şaroitlarga ega bölgan maktab binolari qurilişiga oid işlar, yangi öquv yiliga tayyorgarlik ahvoli tegişli soha mutaxassislari jalb qilingan holda örganildi. Viloyatdagi mavjud 966 ta umumta'lim maktablarining 696 tasi zamonaviy, 270 tasi esa moslaştirilgan binolarga joylaştirilgan. Uşbu binolarning 45 tasida quriliş-ta'mirlaş işlari, xususan 32 tasida qayta quriş, 13 tasida mukammal ta'mirlaş işlari rejalaştirilib, davlat tomonidan 49,6 mlrd. söm mablağ ajratilgan. Maqsad har bir bola tengqurlari qatori şinam, keng va yoruğ xonalarda tahsil olib, bilimini oşirsin. Kelajakda yurt koriga kamarbasta bölişni, vatanni sevişni, mustaqillik bergan imkoniyatlarni qadrlaşni maktab partasidayoq örgansin.
Ayni yönalişda mamlakat ijtimoiy soha obektlarida quriliş, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlaşni taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar körilmoqda. Biroq qonun va qarorlar mohiyatini çuqur anglab yetmagan, hali ham “mudrab yotgan” mutasaddilar uçrab turibdi. Masalan, Buxoro şahridagi, Kogon, Jondor, Peşko‘, Şofirkon, Vobkent tumanlaridagi ayrim maktablarda buyurtmaçi va pudrat taşkilotlari örtasida şartnomalar tuzilişiga qaramasdan, joriy yilning 1 avgust holatida 5 mlrd. 725 mln. sömlik, ya'ni 50 foiz quriliş-montaj işlari bajarilgan, xolos.
Buxoro şahridagi 40-örta umumta'lim maktabida 270 örinli yangi öquv binosi qurilişi şartnomaga asosan joriy yil 1 avgustda topşirilişi kerak edi. Afsuski, şartnoma şartlarini unutgan, davr talabini anglamagan “Montaj” xususiy korxonasi obektga bor-yöği 36 nafar işçi-xodimni jalb etib, işda sustkaşlikka yöl qöygan. Viloyat prokuraturasi tomonidan uşbu quriliş obektiga qöşimça 200 nafar işçi jalb etilib, yangi öquv binosi belgilangan vaqtda foydalanişga topşirilişi qat'iy nazoratga olindi.
Şuningdek, “Nurli istiqbol yöli”, “Ğijduvon Govşun Quriliş”, “Dilşod quriliş trans”, “Olmos Töra” MÇJlar kabi bir qator pudratçi taşkilotlar faoliyati, belgilangan obektlarda olib borilayotgan işlarni tezlaştiriş ustidan prokuror nazorati kuçaytirildi.
Sohada işlarni jadallaştiriş, tegişli soha mutaxassislariga aniq vazifalar yuklaş hamda faoliyat samaradorligini oşiriş maqsadida viloyat hokimiga axborotnoma kiritilgan.
Bundan taşqari, viloyat prokuraturasi tomonidan yuqorida qayd qilingan ta'lim muassasalarida quriliş-montaj işlarini olib borayotgan taşkilot rahbarlariga şartnomada körsatilgan majburiyatlar mohiyati tuşuntirilgan. Binobarin, öz vaqtida bajarilmagan har qanday iş ortida boşqa bir muammo paydo bölmaydi, deb kim kafolat bera oladi.











