Milliy xavfsizlik xizmati kuni keça Qirğizistondan noqonuniy olib kirilgan kuçli ta'sir körsatuvçi dori vositasining yirik partiyasini qölga oliş böyiça maxsus amaliyot ötkazdi.

MXXning Andijon viloyati böyiça Boşqarmasi tezkor xodimlari Qorasuv şahri Qörğontepa tumanilik 33 yoşli Rahmonali Rizayev va uning şerigi, Andijon tumanida yaşovçi 37 yoşli Ozodbek Qodirovning noqonuniy xatti-harakatlarini bartaraf etişdi. Ular “Isuzu” yuk avtomobili yordamida “Lirika” kuçli ta'sir körsatuvçi preparatining partiyasini Toşkentga sotiş uçun olib borişni rejalaştirişgan.

"Toşkentga qarab yönalişda harakatlangan yuk avtomobili Böz tumanidagi YPX postida hujjatlarni tekşiriş uçun töxtatilgan. Közdan keçiriş çoğida kabinada maxfiy joy aniqlandi, undan guvohlar oldida “Lirika” kuçli ta'sir körsatuvçi preparatining 884 ta örami, har birining içida 14 ta tabletkadan (hammasi bölib 12 376 dona) bölgani holda topildi", - deya ta'kidlab ötdi MXX xodimi.

Ularning taxminiy qiymati qariyb 86 mln. sömni taşkil etadi. Söroq çoğida haydovçi olingan dori vositalariga sertifikatlar va ularni Özbekiston hududiga olib kirişga ruxsat beruvçi boşqa hujjatlarni taqdim eta olmagan.

Ayni damda MXXning Andijon viloyati böyiça Boşqarmasi tergov bölimi tomonidan uşbu holat böyiça qölga olingan şaxslarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona qonunçiligining buzilişi) bilan jinoiy iş qözğatiş masalasi körib çiqilmoqda.