Hindistonlik jarrohlar ruhiy xastalikdan aziyat çekuvçi bemor oşqozonidan 600 tadan ortiq mixni olişga muvaffaq bölişdi. NDTV telekanalining yozişiça, Kalkuttadagi tibbiyot kollejlaridan birining şifokorlari noyob jarrohlik amaliyotini ötkazişgan.
Jarroh Siddxartxa Bisvasning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, bemor oşqozoni 2 smlik mixlar bilan tölib toşgani bois, şifokorlar juda ehtiyotkorlik qilişlariga töğri kelgan. Şifokorlar ötkir narsalarni çiqarib oliş uçun magnitdan foydalanişgan. Jarrohlik bir sutka davom etgan.
"Uning aqli zaif va duç kelgan narsani yutiş odati bor. Biroq biz uning oşqozonida şunça mix bölişini xayolimizga ham keltirmagan edik", - degan jurnalistlarga bemorning qarindoşi.
Bemor ötgan oyda oşqozonida kuçli oğriqdan şikoyat qila boşlagan. Uni şifoxonaga olib borişganida UTT tekşiruvi ötkazilib, oşqozoni ötkir jihozlarga töla ekani aniqlangan. Şundan söng, şifokorlar jarrohlik amaliyoti ötkazgan, bemorning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.












