Tojikiston parlamenti quyi palatasi tomondan "Tamaki mahsulotlarini qöllaşni çeklaş töğrisida"gi qonun qabul qilingandan keyin Tojikistonda çilim çekiş taqiqlab qöyildi. 

Hujjatga köra, barlar, kafe va restoranlarda sigaret va çilim çekiş taqiqlanadi. Şuningdek, sigaretlar qutisida ularning iste'mol qilinişi ziyon ekanligi haqidagi ogohlantiriş joylaştirilişi şart qilib qöyildi.

Yangi qonunga köra, sigaretlarni donalab sotiş taqiqlanadi, sotilayotgan sigaret paçkasida 20 donadan kam sigaret bölişi kerak emas.

Tamaki mahsulotlari çekiladigan hududlar sezilarli çeklanadi. Bu taqiqlov ma'muriy binolar, davlat va nodavlat korxonalari işçi xonalari, turar joy binolari yölaklari, liftlar, yer osti ötiş joylari, aeroportlar, vokzallar, sanatoriyalar, yotoqxonalar va jamoat transportida amal qiladi. 

Rossiyaning Jamoat salomatligi va demografiya kengaşi raisi Darya Xalturinaning fikriça, aholining çekişni taqiqlaşdan noroziligi haqidagi gaplar tamaki işlab çiqariş sanoati tomondan qöllab-quvvatlanuvçi uydirmadir.