«Özbekneftgaz» milliy holding kompaniyasi boşqaruvi raisi Alişer Sultonov Özbekiston Respublikasi boş vaziriga örinbosar etib tayinlandi. KUN.UZ manbasi ma'lumot berişiça, Özbekiston Prezidentining Sultonovni boş vazir örinbosari — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlaş töğrisidagi farmoni imzolangan. Bugun boş vazir Abdulla Aripov uni öz örinbosari sifatida taniştirgan.
Alişer Sultonov «Özbekneftgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisi lavozimini ham saqlab qolgan. U bu lavozimda 2015 yil yozidan buyon faoliyat körsatib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, 30 oktabr kuni boş vazir örinbosari Ğulomjon Ibragimov Şukurullo Boboyev örniga Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.
Alişer Sultonov 1967 yil 29 noyabr kuni tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor quriliş bölimi texnologligidan boşlagan.

















