Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 880-son qarori bilan Gaz holatidagi yoqilğida işlovçi apparatlarning xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjat ovqat tayyorlaş, isitiş, issiq suv bilan ta'minlaş va uning  tarkibiy qismlari uçun möljallangan gaz holatidagi yoqilğida işlovçi uskunalarga taalluqli. Uning talablari quyidagi uskunalarga aloqador emas:

•  gazdan motor yoqilğisi sifatida foydalaniladigan;
•  davlat mudofaa buyurtmasiga asosan olib kelinadigan;
•  sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarda işlatiş uçun möljallangan.

Texnik reglament gaz holatidagi yoqilğida işlovçi uskunalar uçun minimal darajada zarur bölgan talablarni öz içiga olgan bölib, ularni bajariş portlovçi-yonğin, elektr, mexanik, termik va ekologik xavfsizlikni ta'minlaydi.

Örnatilgan talablarga amal qilinişi ustidan davlat nazoratini quyidagilar örnatadi:

•  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş davlat inspeksiyasi;
•  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi;
•  IIV huzuridagi yonğin xavfsizligi davlat xizmati;
•  Soğliqni saqlaş vaziriligi;
•  Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaş agentligi hamda vakolati doirasida boşqa vakolatli davlat organlari.

Hujjat 1.05.2018 yildan kuçga kiradi.