Singapurning Canalys tahlil agentligi ma'lumotlariga köra, Hindistonning uçinçi çorakda smartfonlarni yetkazib beriş böyiça körsatkiçlari ötgan yilning xuddi şu davriga nisbatan 23 foizga oşgan va 40 million birlikni taşkil qilgan. Bu Hindistonga AQŞni ortda qoldiriş va dunyoning eng yirik smartfonlar bozorida ikkinçi böliş imkonini berdi. Canalys tahlilçilari fikriça, talabning kuçayişiga Hindistonda 4G tarmoğining takomillaşişi ta'sir qilgan bölişi mumkin.

Hindiston smartfonlar bozorining 75 foizini beş yirik yetkazib beruvçi nazorat qiladi — Samsung, Xiaomi, Vivo, Oppo va Lenovo. Asosiy importçilar — Samsung va Xiaomi, sotilgan smartfonlarning 9,4 million hamda 9,2 millioni, ya'ni barça smartfonlarning deyarli yarmi şu ikki kompaniya uluşiga töğri keladi. Xiaomi smartfonlari eng köp ösiş darajasini qayd etdi, kompaniya öz körsatkiçlarini ötgan yilgiga nisbatan 290 foizga oşirdi.

Joriy yilning boşida Apple Hindistonda ham öz mahsulotlari işlab çiqarilişini yölga qöygandi. Bu iPhone smartfonlarini yetkazib berişning 2016 yil uçinçi çoragi körsatkiçlariga nisbatan ikki barobar oşişiga olib keldi. Şunday bölsa-da, bu kompaniyaga eng yirik yetkazib beruvçilar beşligiga kiriş imkonini bermagan.

Hindiston hukumati mamlakatda 30 dollardan arzon smartfonlar sotilişidan manfaatdor bölişini ma'lum qildi. Hukumatga köra, bu sotuvlar va onlayn-tölovlar körsatkiçlarini oşiradi. 

Tahlilçilarning fikriça, joriy yilning oxirida Hindistonda 300 milliondan ziyod kişida smartfon böladi. 

Ta'kidlaş joizki, eng yirik smartfonlar bozorida yetakçilik Xitoyga nasib etgan, mamlakat 2011 yildayoq bu borada AQŞni ortda qoldirgan.