Rossiyalik teleboşlovçi Kseniya Sobçak Rossiya prezidenti böliş imkoniyatlarini baholadi. Sobçakning fikriça, uning 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozoniş imkoniyati «eng kam darajadan ham past»dir, deb xabar qilmoqda BBC.
«Men uşbu saylovlardagi imkoniyatlarimga real qarayman. Men prezident böliş imkoniyatim eng past darajadan ham past ekanini tuşunaman. Ammo vaziyatni özgartirib yuborişi mumkin bölgan saylovlar konsepsiyasi bor. Bunga esa misollar köp», — degan teleboşlovçi.
Sobçak fikriga misol tariqasida Çilidagi referendumni keltirgan. Öşanda Augusto Pinoçet hokimiyatda kuçini yöqotgan edi. Uning qayd etişiça, Rossiyadagi prezidentlik saylovlari öziga xos «Putinga işonç bildiriş referendumi bölişini» xohlaşini aytdi.













