Çempionlar ligasining guruh bosqiçi 4-turida «Mançester Yunayted» «Old Trafford»da «Benfika»ni qabul qildi va oson ğalabaga erişdi. 

45-daqiqada mehmonlar jamoasi darvozaboni Mile Svilar töpni öz darvozasiga yöllab qöydi, u bungaça Antoni Marsiyal tomonidan ijro etilgan penaltini qaytargandi, 78-daqiqada maydon egalari yana bir marta 11-metrlik zarbani ijro etiş huquqiga ega bölişdi va bu safar Deyli Blind aniq harakat qildi 2:0.

Şu tariqa, Joze Mourino jamoasi 4 turdan keyin 100 foizlik natija körsatib, 12 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Lekin jamoa guruhdan çiqiş masalasini hali hal qilmadi.

Guruhning ikkinçi uçraşuvida TsSKA «Bazel» maydonida irodali ğalabaga erişdi - 2:1.

Öyinning 32-daqiqasida Luka Zuffining aniq zarbasidan keyin maydon egalari hisobda oldinga çiqişgandi. Ammo moskvaliklar klubi iroda körsatdi. Ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga çiqqan Alan Dzagoyev 65-daqiqada hisobni tenglaştirdi, 79-daqiqada esa Pontus Vernblum mehmonlarga ğalaba keltiruvçi golni urdi.

Şu tariqa, «armiyaçilar» oçkolari sonini 6taga yetkazdi va pley-offga çiqiş uçun imkoniyat saqlab qoldi.

TsSKA şveysarlar jamoasi bilan ikkinçi örinni bölişib turibdi. Jamoalarning Moskvada keçgan öyinida «Bazel» ğalabaga erişgandi – 2:0.

TsSKA darvozaboni Igor Akinfeyev esa Çempionlar ligasida qatorasiga 43-öyinda ham gol ötkazib yubordi va turnir antirekordini yangilaşda davom etdi.

A guruhida 4-turdan keyingi vaziyat: 1. «Mançester Yunayted» — 12 oçko; 2. «Bazel» — 6; 3. TsSKA — 6; 4. «Benfika» — 0.

Yevropa Çempionlar ligasi
4-tur
Mançester Yunayted – Benfika 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45, avtogol Svilar, 2:0 – 78, penalti Blind.
Mançester Yunayted – De Xea, Darmian, Bayi, Smolling, Blind, Maktomini, Matiç, Mata (Errera, 68), Lingard (Mxitaryan, 46), Marsyal (Reşford, 75), Lukaku.
Benfika – Svilar, Duglas Pereyra, Diaş, Jardel, Grimaldo (Elizeu, 64), Pitstsi (Jonas, 79), Samaris, Feysa, Salvio, Ximenes (Seferoviç, 74), Diogu Gonsalveş.
Ogohlantirişlar: Diaş (6), Bayi (24), Lingard (24), Salvio (69), Samaris (77).