Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning ma'lum qilişiça, Vladimir Putin hamda uning ma'muriyatini sudga beriş böyiça rejalarga ega. Navalniyning sözlariga köra, bunga Rossiya şaharlari ma'muriyatlarining unga saylovçilar bilan uçraşişga ruxsat bermasligi sabab böladi.

Navalniy prezident Putin hamda uning ma'muriyatini sudga beriş rejalari borligi haqida öz saytida ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, «saylovçilar bilan muvofiqlaştirilgan mitinglar şaklida uçraşuv ötkaziş imkonsiz», sababi Rossiya şaharlaridagi ma'muriyatlar muxolifatçi va uning tarafdorlariga tegişli ruxsatnomalar berayotgani yöq.

Navalniy sudda «butun mamlakat böylab şaharlar ma'muriyatlari Moskvaning körsatmalari asosida bir xilda harakat qilayotganiga oid isbotlarni taqdim etmoqçi».

Muxolifatçining ma'lum qilişiça, uning ştabi tadbirlarning boşqa şakliga ötmoqda. Uçraşuvlar «xususiy joyda» ötkaziladi. Navalniy öz tarafdorlariga saylovçilar bilan uçraşişi uçun «mingdan ortiq insonni siğdirişi mumkin bölgan istalgan joyni» taqdim etiş taklifi bilan çiqişga çaqirdi.