Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçi 4-turida B guruhida ötgan uçraşuvlardan keyin 2 jamoa keyingi bosqiçga muddatidan avval çiqib böldi. «PSJ» va «Bavariya» öz öyinlarida ğalaba qozondi va turnirning nimçorak finalidagi iştirokni kafolatlaşdi.
Parijliklar öz maydonlarida «Anderlext»ni qabul qildi. Maydon egalari işonçli öyin namoyiş etib, 5:0 hisobidagi ğalabaga erişdi. Parijliklar klubi himoyaçisi Leyvin Kurzava het-trikni rasmiylaştirdi, Marko Verratti va Neymar ham öz hisoblariga bittadan gol yozişdi.
Jamoalarning avvalgi turda Belgiyada ötgan öyinida ham parijliklarning yirik hisobdagi ğalabasi qayd etilgandi (4:0). Şu tariqa, «PSJ» turnirda gol ötkazmagan yagona jamoa bölib qolmoqda, öz navbatida, «Anderlext» özining ilk golini hali urmadi.
Guruhda parallel keçgan ikkinçi uçraşuvda «Bavariya» «Seltik» mehmoni böldi. Birinçi bölimda myunxenliklar futbolçisi Kingsli Koman jamoasini oldinga boşladi. 74-daqiqada maydon egalari Kallum Makgregorning aniq harakatlari evaziga hisobni tenglaştirişdi. Ammo Yupp Xaynkes şogirdlari barça masalani şu kuni hal qilişga qaror qilişdi va 77-daqiqada Xavi Martines ğalaba golini urdi — 2:1. «Bavariya» ham keyingi bosqiçda.
B guruhida 4-tur öyinlaridan keyin «PSJ» — 12 oçko bilan birinçi, ikkinçi örindagi «Bavariya» hisobida — 9 oçko, «Seltik»da — 3 oçko bor, «Anderlext»da barçasi — 0.
Yevropa Çempionlar ligasi
4-tur
PSJ – Anderlext 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 30 Verratti, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 – 52 Kurzava, 4:0 – 72 Kurzava, 5:0 – 78 Kurzava.
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Kurzava, Verratti (Lo Çelso, 64), Rabo (Pastore, 76), Draksler, Mbappe (Di Mariya, 64), Kavani, Neymar.
Anderlext – Buks, Appia, Mbodji, Spayiç (Jozue Sa, 45), Obradoviç, Dendonker, Kums, Trebel, Gerkens, Xanni (Teodorçik, 60), Onekuru (Stançu, 79).
Seltik – Bavariya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 22 Koman, 1:1 – 74 Makgregor, 1:2 – 77 Martines.
Seltik – Gordon, Forrest, Lyustig, Boyata, Biton, Tirni, Makgregor, Braun, Armstrong (Griffits, 79), Sinkleyr (Rogiç, 64), Dembele.













