Apple kompaniyasining yangi smartfoni iPhone X’da qöllanuvçi odam yuzini taniş tizimi Face ID egizaklarni bir-biridan farqlay olmasligi ma'lum böldi. Uşbu holat aks etgan videoni Mashable portali joylaştirgan.
Dastlab egizaklardan biri Face ID’da röyxatdan ötgan. U söngra smartfonni egizagiga bergan. Aniqlanişiça, egizaklarning röyxatdan ötmagani qurilmani muammosiz blokdan çiqara olgan. Egizaklar bu holat xato yuz berayotganini istisno qiliş maqsadida navbatma-navbat Face ID’ni aldaşga urinişgan, biroq tizim biror marta smartfonning haqiqiy egasini topa olmagan.
Bu muammo Face ID tizimi bilan yuz berayotgan birinçi muammo emas. Avvalroq bu funksiya agar smartfon egasi 13 yoşdan kiçik bölsa notöğri işlaşi ma'lum bölgandi. Smartfonning sentabrdagi taqdimotida ham nomaqbul vaziyat yuz bergan: kompaniyaning katta vitse-prezidenti Kreyg Federini Face ID’ni bir urinişda işga tuşira olmagan.












