Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) seşanba kuni 2011 yilda Pokistonda öldirilgan "Al-Qoida" terrorçi guruhi rahbari Usama bin Lodinning kundaligini çop etdi.
Idora saytida taqdim etilgan kundalikdagi yozuvlarning barçasi qölda arab tilida yozilgan.
Bundan avval çorşanba kuni MRB Usama bin Lodinni yöq qilişga doir operatsiya çoğida olingan 470 ming hujjatni çop etişi haqida ma'lum qilgan edi. Hujjatlar matnli fayllar, audio va video, şuningdek dasturiy ta'minotning tizimli fayllarini öz içiga olgan.
"MRB 2011 yilning may oyida Pokistonning Abbottobod şahrida ötkazilgan reyd paytida qölga kiritilgan kompyuter fayllari va raqamli hujjatlardan taşqari, bin Lodinning ölimiga yaqin yozib qoldirgan kundaligini ham topgan", - deyiladi qöşimça hujjatda.
Boşqa hujjatlar bilan bir qatorda "Al-Qoida" tomonidan turli maqsadlarda töplangan 18 mingdan ziyod hujjatli fayllar, ommaviy nutqlarga tayyorgarlikni öz içiga olgan taxminan 79 ming audio va tasvir fayllari, audio va tasvir formatidagi yozişmalar çop etilgan. Şu bilan birga, 10 ming videofayl ham taqdim etilgan, ularning orasida terrorçining yoş öğli Xamza bin Lodinning suratlari, "Al-Qoida"ning şaxsiy videolari, Usama bin Lodinning bayonotlari tasvirlangan videoqoralamalar va jihod tarğibotiga doir ma'lumotlar ham öquvçilar e'tiboriga havola etilgan, deyiladi MRB bayonotida.
Ta'kidlaş joizki, "Al-Qoida" rahbari Usama bin Lodin 2011 yilning may oyida Abbottobodda Amerika harbiylari tomonidan yöq qilingan.












