Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Tehronga keldi. U bu yerda Eron va Ozarboyjon prezidentlari Hasan Ruhoniy hamda Ilhom Aliyev bilan uç tomonlama uçraşuvlarda iştirok etadi.
Putin Tehronga kelib Sa'dobod saroyiga, Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uçraşiş uçun yöl olgan.
Tor doiradagi uçraşuvlar oldidan Putin öz hamkasbiga kiçik sammit taşkilotçiligi uçun minnatdorçilik bildirgan.
Putinning bu galgi taşrifi Eron va AQŞ munosabatlaridagi taranglik yanada kuçaygan vaqtga töğri kelmoqda. AQŞ prezidenti ma'muriyati Eronni Yaqin Şarqdagi eng boş aybdorga aylantiriş niyati borligini avval ham yaşirmagan. Şu yilning may oyida Saudiya Arabistoniga qilgan taşrifi çoğida Donald Tramp Tehronni terrorizmni dastaklaşda ayblab çiqdi. Ayni paytda ikki davlat munosabatlaridagi eng qizğin mavzu 2015 yilda tuzilgan Eron öz yadroviy dasturidan voz keçsa, unga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qiliş imkonini beruvçi umumqamrovli qöşma harakatlar rejasi (UQHR) evaziga yuzaga kelgan Eron yadroviy bitimi taqdiriga boğliq.
Tehrondagi uçraşuv: Rossiya, Eron va Ozarboyjon yölboşçilari nima haqida gaplaşişadi?
«Rossiya prezidentining Eronga taşrifi bugungi kunda tarixiy çöqqisida turgan Rossiya-Eron munosabatlarining strategik xarakterini ta'kidlaşi şubhasiz», — degan RT bilan suhbatda «Strategik kommunikatsiyalar» byurosi boş direktori Yevsey Vasilev.
Ekspert «Hozirgi şaroitlarda — AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan davlatlarimizning taşqi bosim va «xalqaro izolyatsiya»ga duçor qilişga uriniş bölayotgan bir paytda Moskva va Tehronning harakatlari muştarak bölişi kerak»ligini qayd etdi.












