Bugun, 1 noyabr oqşomida YeÇL guruh bosqiçida 4-tur uçraşuvlari davom ettiriladi. Ikki hafta oldin ham özaro öynagan jamoalar ikkinçi davrada yana bir-birlariga raqib va endi ötgan turda mağlub bölgan jamoalarda revanş oliş imkoniyati mavjud. «Tribuna» çorşanba oqşomidagi asosiy uçraşuvlar anonsini keltiradi.
«Real»ning afsonaviy «Uembli»ga taşrifi qanday keçadi?

H guruhi
TOTTeNHEM – ReAL
London. «Uembli» stadioni. 00.45 (Matç! Futbol 1).
BORUSSIYa – APOEL
Dortmund. «Signal Iduna Park» stadioni. 00.45 (Matç! Igra).

H kvartetida inglizlar va ispanlar «Borussiya» va APOELni 6 oçkoga ortda qoldirgan holda işonç bilan yetakçilik qilişmoqda. Bu esa bugungi uçraşuv ğolibini öz-özidan 1/8 final iştirokçisiga aylantiradi. Öyin oldidan imkoniyatlar teng, ammo statistik raqamlar «şporlar»ga qarşi – jamoalar şu vaqtgaça 5 marta uçraşgan, «Tottenhem» biron marta ğalaba qozona olmagan (3 mağlubiyat, 2 durang), Rafael Varanning ötgan öyindagi avtogoli londonliklar jamoasining «Real»ga qarşi öyinlardagi 450 daqiqa davomida urgan yagona goli bölib turibdi.
Jamoalar teng ketmoqda, ular raqiblarini bir xil hisoblarda yengişgan (APOELga qarşi öyinlar 3:0, «Borussiya»ga qarşi öyinlar esa 3:1 hisoblarida yakunlangan). Natijada, jamoalarda töplar nisbati ham bir xil (özaro uçraşuvda 1:1 hisobi). Ular içki çempionatlardagi oxirgi uçraşuvlarda mağlubiyatga uçragani bilan ham öxşaş: «Tottenhem» yakşanba kuni «MYu»ga qarşi safar öyinida yutqazdi (0:1), «Real» – «Jirona» maydonidan mağlubiyat bilan qaytdi (1:2). Dele Allining YeÇLdagi 3 öyindan iborat diskvalifikatsiyasi yakunlangan, Mançesterdagi öyinni jarohat tufayli ötkazib yuborgan Harri Keyn ham safga qaytdi. Bu esa bugun haqiqiy futbol bayrami ötkazilişi uçun yetarli şaroit yaratadi. Atmosfera şunga mos: afsonaviy «Real» 115 yillik tarixida ilk marta afsonaviy «Uembli»da maydonga tuşadi.

Zidan bu öyinga Garet Beyl, Rafael Varan va Keylor Navasni olib ketmadi. Ularning barçasi jarohatlangan.


















