Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 noyabr kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan BMT Boş kotibi örinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi ijroçi direktori Yuriy Fedotovni qabul qildi. 

ÖzA xabariga köra, davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekistonning BMT, uning tuzilmalari va institutlari bilan özaro manfaatli hamkorligi jadal rivojlanayotgani va mustahkamlanayotganini çuqur mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Keyingi paytlarda Özbekistonga BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş, Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn, din va e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid, BMT Jahon sayyohlik taşkiloti Boş kotibi Taleb Rifai va boşqalarning taşriflari samarali amalga oşirildi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil sentabr oyida Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasi 72-sessiyasida iştirok etdi va nutq sözladi, sessiya doirasida taşkilot rahbariyati bilan qator uçraşuv va muzokaralar ötkazdi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda BMT bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş böyiça qabul qilingan "yöl xaritalari" doirasida qöşma tadbirlar va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. 

Özbekiston BMTning Narkotiklar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi bilan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişi, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik va xalqaro terrorizmga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratişi ta'kidlandi. 

Boşqarmaning texnik kömagida yuqorida qayd etilgan sohalarda milliy va mintaqaviy loyihalar bajarildi va amalga oşirilmoqda. Toşkent şahrida uşbu tuzilmaning Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. 

Uçraşuvda özaro hamkorlikning "yöl xaritasi" – Amaliy harakatlar rejasini işlab çiqiş va qabul qiliş asosida narkotrafik, jinoyatçilik va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlar köriş va birgalikdagi işlarni yanada kuçaytiriş masalalari atrofliça körib çiqildi. 

BMT Boş kotibi örinbosari Yuriy Fedotov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik izhor qildi.