Amerikaning elektromobillar işlab çiqaruvçi Tesla kompaniyasi uçinçi çorak natijalari böyiça 619,4 mln dollar zarar kördi. Bu har bir aksiyadan 2,92 dollar zarar deganidir. Uning korporativ hisobotiga tayangan holda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.
Tahlilçilar har bir aksiyadan zararni 2,28 dollar bölişini taxmin qilişgan edi. Ötgan yilning uçinçi çoragida har bir aksiyadan körilgan zarar 1,61 dollarni taşkil etgan edi.
Şu bilan bir vaqtda, tuşum qariyb 2,98 mlrd dollarni taşkil etgan, bir yil avval u 2,3 mlrd dollar bölgan. Gazetaning yozişiça, bunga Model X elektromobili savdolarining ösişi ijobiy ta'sir körsatmoqda. Ötgan çorakda savdo hajmi 36 foizni taşkil etgani ta'kidlanadi. Birja savdolarida Tesla aksiyalari narxi 3,2 foizga tuşib ketdi.












