Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp Nyu-York şahrida amalga oşirilgan terakt ijroçisiga tayinlanadigan jazo xususida öz fikrini bildirdi. U Sayfullo Soipovga oliy jazo tayinlaş tarafdori ekanini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

«Nyu-York terakti ijroçisi IŞID bayroğini palatasiga osişlaridan xursand bölardi. U 8 kişini öldirib, 12 kişini jarohatladi. Uni qatl qiliş kerak», deya yozgan Oq uy rahbari tvitterida.

Eslatib ötamiz, asli özbekistonlik va Green Card lotereyasi orqali 2010 yilda AQŞga köçib ketgan Soipov 31 oktabr kuni Nyu-Yorkning Manhetten hududida ijaraga olgan pikap maşinasini odamlar ustiga haydab, qöporuvçilik sodir etgan edi. Buning oqibatida 8 kişi halok bölib, 12 nafar odam jarohatlandi.